“Uztransgaz” majburiyatlarni qayta moliyalashtirish va moliyaviy hisobotlarni yangilash uchun 257 million dollarlik qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya oldingi qarz muddatini uzaytirish uchun 57,5 million dollar va aylanma mablag‘larni to‘ldirish va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 200 million dollar qarz olmoqchi. Prezident Farmoni doirasida “Uztransgaz” boshqaruv tizimini takomillashtirishi va moliyaviy hisobotlarni 2024-yilgacha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishi kerak.