Yangiliklar

O‘zbekistonda energiya resurslari va kommunal xizmatlar uchun tariflarni liberallashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

2022-yilda energiya resurslari va kommunal xizmatlar uchun tariflarni bosqichma-bosqich liberallashtirish rejalashtirilmoqda. Hisob palatasining hisob-kitoblariga ko‘ra, elektr energiyasi narxi qariyb 33 foizga, gaz narxi esa 21 foizga oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, issiq suv, isitish tizimi, shuningdek, sovuq suv va kanalizatsiya uchun tariflar oshirilishi kutilmoqda.