Yangiliklar

Rossiya gazi O‘zbekistonga uzatila boshlaydi

O‘zbekiston Hukumati va “Gazprom” o‘rtasida 2023-yilning IV choragidan boshlab mamlakatimizga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzildi. Shuningdek, gaz-transport tizimini yoqilg‘ini qabul qilish va tashishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Hujjatlar Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov va “Gazprom” boshqaruvi Raisi Aleksey Miller tomonidan imzolandi.