Yangiliklar

Gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishda gaz importi hisobga olingan — energetika vaziri

O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasiga yangi tariflarni belgilashda xarajatlarning bir qismini qoplash, shuningdek, tabiiy gazni import qilish xarajatlari hisobga olingan, dedi energetika vaziri. Hozircha ijtimoiy me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmayapti.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov UzReport TV telekanaliga bergan intervyusida elektr va gaz uchun tariflar oshirilishi haqida gapirdi.