2022-yilda O‘zbekiston Xitoyga 1,07 mlrd dollarga teng gazni yetkazib berdi va bu 2021-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 33,9 foizga ko‘proq. Xitoy tomoni statistikasi 18,2 foizga O‘zbekiston statistikasidan yuqori ekanligiga qaramay, mamlakatimiz Turkmaniston va Rossiyadan keyin Xitoyga asosiy gaz yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda.