Neft va gaz sohasida sa’y-harakatlar birlashtirilmoqda.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida energetika sohasida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va xaridlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi, bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Qabul davomida Ozarbayjon Prezidenti tomonidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik hamkorlik jadal rivojlanib borayotganligi alohida ta’kidlanib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasi kengayib borayotganligi alohida qayd etildi.
Xalqaro konferensiya doirasida neft va gaz sanoatida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va texnologik avariyalarning oldini olish bo‘yicha qator muhim kelishuvlar imzolandi. Ushbu kelishuvlar kompaniyalarning zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishi va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.