Yangiliklar

“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da metan emissiyalarini qisqartirish bo‘yicha yangi rejalar belgilab olindi.

Joriy yilning mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” sifatida belgilab olinishi mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun muhim qadamlarni tashlashga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Xabaringiz bor, “O‘zbekneftgaz” AJ Shveysariyaning “Vema S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Metan emissiyalarini qisqartirish” loyihasini ilgari surmoqda.
Ushbu loyiha doirasida Jamiyat tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshirilgan ishlar natijasida metan emissiyalari 16 million kub metrga kamaytirildi, bu 297 ming tonna SO2 ekvivalentiga tengdir. Ushbu natija mamlakatning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishdagi muhim sa’y-harakatlaridan biri bo‘lib, global miqyosdagi iqlimga doir jadal harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga katta hissa qo‘shadi, bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.